Mehrobdan Chayon Kino

O‘zbek adabiyotshunosligida Abdulla Qodiriy ijodi bilan bog‘liq juda ko‘p ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Yozuvchi romanlarining o‘ziga xos ichki qurilishi, murakkab tizimga asoslangan yaxlitligi tuganmas xazina singari tadqiqotchilar e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Adib ijodiga bag‘ishlangan bu tadqiqotlar, mulohazaga chorlovchi fikrlar, tahlilda yangicha yondoshuvlar o‘zbek adabiyotshunosligini ilmiy-nazariy jihatdan boyishiga xizmat qiladi. Mazkur maqolada adib romanlari shakliy qurilmasidagi ba’zi o‘ziga xos jihatlarga e’tibor qaratmoqchimiz. “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” asarlaridagi muqaddima va xotimalar, ya’ni muallif tomonidan berilgan izohlar o‘zining mazmun-mundarijasi bilan diqqatimizni tortdi. Mana shu kichik izohda muallif yirik romani vositasida ko‘zlagan niyatini umumlashtirib berishga harakat qilgan. Bu ham yozuvchi uslubining o‘ziga xosligi. Dj vu crosby stills nash young rar.

E’tiborli jihati, adibning mana shu izohlari hali adabiyotshunoslar tomonidan maxsus o‘rganilmagan. Roman yozilgan yillarda milliy adabiyot uchun begona sanalgan roman janrning o‘zi izoh talab etardi. Zaruriyat majburiyatning yuzaga kelishiga zamin bo‘ldi. Majburiyatning esa o‘z sabablari bor edi, albatta.

Mehrobdan Chayon [Abdulla Qodiriy, B. Eshpo'latov] on Amazon.com. *FREE* shipping on qualifying offers. Abdulla Qodiriyning taniqli Mehrobdan Chayon. Mehrobdan chayon Saytimizdan nafaqat elektron, balki qog'ozli kitoblarga ham buyurtma berishingiz mumkin. Buyurtmangiz O'zbekiston pochtasi orqali manzilingizga etkaziladi.

Shuning uchun adib o‘zi maxsus izoh berib o‘tishni ma’qul ko‘rdi. Abdulla Qodiriy roman yozish uchun ruhiy jihatdan jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan. Avvalambor, imon taqozosi bilan diniy savodini mustahkamlash niyatida madrasada o‘qidi. Ruhiy xotirjamlik va ilohiy quvvat ijodkor uchun eng muhim jarayon. Xalq og‘zaki ijodini va dunyo adabiyoti an’analarini o‘rgandi.

Mana shu bosqichlardan o‘tib, nihoyat, katta ishga qo‘l urdi. Xalq saviyasi va didini e’tiborda tutib, voqelikni bir tizimga solib, maqsadni yagona nuqtaga uyushtirib, yozuvchi g‘oyasining modeli bo‘lmish romanni yozdi. Qodiriyshunoslikda badiiy asarlardagi tarixiy voqelik va badiiy to‘qima, yozuvchining roman yozish laboratoriyasi hali to‘liq o‘rganilmagan. Buning bosh sababi sifatida, yozuvchining shaxsiy arxivida roman ustida olib borilgan ish jarayonini kuzatishga imkon beruvchi manbalarning yo‘qligi hamda asar qo‘lyozma variantlarining saqlanib qolmaganligini ko‘rsatish mumkin.

Aslida, ijodkor o‘zigacha bo‘lgan adabiy an’analar zaminida ijod qilishi tabiiy. “Pushkin o‘z poemalarini hech narsa yo‘q joyda yozgan emas. Hech bir shoir she’r yozish texnikasini, qofiya va ritmni, syujetning o‘ziga xos tarzda qurilishini yolg‘iz o‘zi o‘ylab topgan emas.

Chayon

Shoirlar aslida xalqona syujet va kompozitsiya, she’r texnikasi, undagi obrazlar, usullarni ulkan adabiy an’analar tizimiga va tartibiga solib, ertak shaklida hikoya qiluvchi roviylardir”. Shunday ekan, Qodiriy ham o‘z romanini yaratishda xalqning ulkan an’analariga asoslandi, milliy eposga tayandi. Muallif xalqning yangi shakldagi badiiy so‘zga ehtiyoj sezayotganini qalban angladi, o‘zida majburiyat his etdi, unga Yaratgan kuch-quvvat, bilim va iste’dod ato etdi. Ehtiyoj va istak hosilasi o‘laroq, yangi o‘zbek romani dunyo yuzini ko‘rdi.

Tarixiy voqelikka baho berayotganda davr va vaziyatni hisobga olish lozim. Hali zamonaviy o‘zbek nasri shakllanmagan va roman degan janr begona sanalgan bir paytda “O‘tkan kunlar” dunyo yuzini ko‘rdi. U “ Yozg‘uchidan” deb nomlangan so‘zboshi bilan boshlandi. Adib tomonidan berilgan kichik izohda juda ko‘p masalaga oydinlik kiritish mumkin bo‘lgan nuqtalar mavjud: “ Yozmoqqa niyatlanganim ushbu – “O‘tkan kunlar”, yangi zamon ro‘monchilig‘i bilan tanishish yo‘lida kichkina tajriba, yana to‘g‘risi bir havasdir. Ma’lumki, har bir ishning ham yangi – ibtidoiy davrida talay kamchiliklar bilan maydong‘a chiqishi, ahllarining yetishmaklari ila sekin-sekin tuzalib, takammulga yuz tutishi tabiiy bir holdir”.

Izohning bu qismida yozuvchidagi ikkilanish va andishani tabiiy qabul qilish mumkin: “Dostonchiliq, ro‘monchiliq va hikoyachiliklarda ham yangarishg‘a, 1 xalqimizni shu zamonning “Tohir-Zuhra”lari, “Chor darvesh”lari, “Farhod-Shirin” va “Bahromgo‘r”lari bilan tanishtirishka o‘zimizda majburiyat his etamiz. Mana shuning daldasida havasimda jasorat etdim, havaskorlik orqasidan kechaturgan qusur va xatolardan cho‘chib turmadim”. Xalqini og‘zaki dostonlardan “qutultirish”ni orzulagan yozuvchi o‘zbek o‘quvchisini g‘arb romanchiligi maydoniga olib o‘tishda va millat dardini o‘ziga xos yo‘sinda aytishga chora qidirdi va xalq didi, saviyasiga munosib yo‘sinda “priyom” topa oldi. Mana shu kichik izohdagi “havasimda jasorat” so‘zlari bizni sergaklantiradi. Sababi – jasoratda insonning o‘ziga ishonchi, qat’iyati, qarashlarida sobit tura olishi jam bo‘lishi tushuniladi. Bu ijodkor tafakkurida asar modelining mukammal qurilmasining loyihasi pishib yetilganligini bildiradi.